
Zidan "Real" bilan shartnomasini uzaytiradi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan yaqin vaqtlar ichida jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi. 45 yoshli mutaxassisning amaldagi shartnomasi esa ushbu mavsum so‘nggida yakuniga etadi.
"Nima bo‘lganda ham, yangi shartnoma masalasi xal etib bo‘lingan. Bu hech narsani anglatmaydi. Men bugungi kun bilan yashayman va ertaga nima bo‘lishini bilmayman", - deb aytib o‘tdi frantsiyalik mutaxassis.
Zidan o‘tgan yilning yanvar oyida jamoa boshqaruviga kelgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa La Liga, Ispaniya Superkubogi, EChL(2 marta), UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JChda g‘olib chiqdi.
Fikrlar