
Zidan effekti: Desham o‘z joyini saqlashi uchun Mundialni yutishga majburmi?
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi hozirda har tomonlama bosim ostida qolib ketmoqda. Uning sobiq termadoshi – Zinedin Zidan ish qidirib yurgan bir paytda u Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatida o‘zini ko‘rsatishi kerak. Aks holda “Real Madrid”ning sobiq ustozi uning o‘rnini egallashi mumkin.
Dide Desham shu vaqtgacha o‘z joyi haqida qayg‘urmayotgan edi. Ammo “Real”da ikki yarim yillik faoliyati davomida qatorasiga uchta Chempionlar Ligasini yutib olgan Zidan klubdan ketib ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. OAV esa darhol uning keyingi ishini Frantsiya boshqaruvida ko‘ra boshladi.
Desham esa “ko‘klar”ni 2014-yilgi Mundialdan keyin sezilarli kuchaytira oldi. U terma jamoani Evro-2016 finaligacha etaklab bordi. Ammo o‘shanda Portugaliyadan uchralgan alamli mag‘lubiyatni tan olish qiyin bo‘lgandi. “Biz “Evro”ni yutish uchun bo‘lgan yagona imkoniyatimizni boy berdik. So‘zlar bilan buni tushuntirib bera olmayman” degandi Desham turnirdan keyin.
Jahon Chempionati saralash bosqichida Belarussiya va Lyuksembur bilan bo‘lgan durang, keyinchalik Shvetsiyadan uchralgan mag‘lubiyatlarga qaramay, Desham shogirdlari asosiy vazifani uddalashdi.
Ular Mundialning “S” guruhidan joy oldi. Qozonga esa Marsyal, Lyakazett va Rabo kabi iqtidorli futbolchilar kelish baxtidan mosuvo bo‘ldi.
Braziliyada o‘tgan nufuzli musobaqadan beri tarkibda 17 yangi chehralarni ko‘rishimiz mumkin. U yakuniy tarkibga eng yaxshilarni tanlaganiga shubha yo‘q. Ko‘pchiligi yosh bo‘lishiga qaramay, yuqori saviyadagi o‘yinlarda qatnashish tajribasiga ega.
Ammo to‘satdan “Zidan faktori” paydo bo‘ldi. Zizuning iyun oyi boshida “Real”dan ketganidan keyin ko‘pchilik uning yangi ishi Frantsiya termasi bo‘lishi haqida bong ura boshladi. Murabbiylik faoliyatini yuqori notada boshlagan Zidan uchun navbatdagi bosqichga ko‘tarilish bo‘ladi.
Uning Chempionlar Ligasidagi natijasi shuni ko‘rsatdiki, 1998-yilgi jahon chempioni kerakli vaqtda kerakli futbolchilarni tanlay oladi. Bunga xalqaro darajadagi ba’zi murabbiylargina qodir.
Desham ham Zidanni ertami-kechmi Frantsiya boshqaruvida ko‘rayotganini ta’kidlab o‘tdi: “Zidan nimaga qaror qilganini bilmayman. Hozircha u dam olish, oilasi va sevganlari yonida bo‘lishni istamoqda, deb o‘ylayman. U murabbiy bo‘lishi mumkin (izoh: Frantsiya termasi). Qachon? Buni ayta olmayman, ammo bu menga mantiqli tuyulmoqda. Bu payti kelib sodir bo‘ladi.”
Zidan esa bu gaplarga unchalik e’tibor qaratayotgani yo‘q. “Nima qilishimni bilmayman. Eng muhimi qabul qilgan qarorim. Qolganini ko‘ramiz” – deya matbuot anjumanida javob berdi.
Desham esa amaldagi shartnomasini 2020-yilgacha yangilagan edi. U bu bilan Frantsiya boshqaruvida uzoq vaqt qolgan ikkinchi murabbiyga aylandi. Ammo shartnoma muddatini to‘liq bajarish uchun Deshama Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Mundialni yutishi kerak bo‘ladi.
“Dide Deshamda 2020-yilgacha amal qiladigan shartnoma bor. U 2020-yilgacha qoladi” – deya ta’kidladi FFF prezidenti Noel Le Gre xonim BFM TV ga bergan intervyusida.
Desham tabiiy kurashuvchilar sirasiga kiradi. Biroq Zidan futbol olami yuzi hisoblanadi. Hatto 1998-yilgi Mundialning bosh sovrinini Desham ko‘targan bo‘lsada, Frantsiya ko‘chalari Zidanning suratlari bilan to‘lib-toshgandi. Google qidiruv tizimida ham Zidanning kubokni ushlab tushgan surati Deshamnikidan bir necha baravar ko‘p.
Agarda Desham Frantsiyaga qo‘lida oltin sovrin bilan qaytmasa, uning termadagi lavozimi tugashiga sanoqli kunlar qolishini ko‘rsatadi.
Fikrlar