Zo‘r baribir zo‘r ekan yoxud Jokovich mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

  • 15 mart, 2017, 10:51
  • 0
  • Tennis
 

AQShning Indian-Uells shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida davom etayotgan “BNP Paribas Open - 2017” musobaqasida uchinchi bosqich bellashuvlari yakunlandi.

Mukofot jamg‘armasi 7 913 405 AQSh dollari bo‘lgan nufuzli turnirning to‘rtinchi bosqichiga so‘nggi yo‘llanmani Novak Jokovich qo‘lga kiritldi. Yakkalik bahslarida ikkinchi raqamda saralangan serbiyalik kuchli raqib — argentinalik Xuan-Martin del Potro bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda jiddiy qarshilikka duch kelgan Novak mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Natijalar bilan tanishing:

Gael Monfis (Frantsiya, 10) — Jon Isner (AQSh, 20) 6:2 6:4

Donald Yang (AQSh) — Lyuka Pui (Frantsiya, 14) 6:4 1:6 6:3

Key Nisikori (Yaponiya, 4) — Jil Myuller (Lyuksemburg, 25) 6:2 6:2

Rafael Nadal (Ispaniya, 5) — Fernando Verdasko (Ispaniya, 26) 6:3 7:5

Malek Jaziri (Tunis) — Teylor Fritts (AQSh, WC) 6:4 3:6 6:3

Nik Kiros (Avstraliya, 15) — Aleksandr Zverev (Germaniya, 18) 6:3 6:4

Rojer Federer (Shveytsariya, 9) — Stiv Jonson (AQSh) 7:6 7:6

Jek Sok (AQSh, 17) — Grigor Dimitrov (Bolgariya, 12) 3:6 6:3 7:6

Novak Jokovich (Serbiya, 2) — Xuan-Martin del Potro (Argentina, 31) 7:5 4:6 6:1

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!