A Seriya autsayderi Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin
Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Sandro Raneri faoliyatini A Seriya autsayderi hisoblangan “Benevento” jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi.
Tarqatilgan ma’lumotlarga qaraganda 28 yoshli futbolchi “Antalyaspor”dan keyinchalik sotib olish sharti bilan mavsum so‘nggiga qadar ijarada to‘p suradi. Agar “Benevento” A Seriyada qolishni uddalasa, Raneri kelgusi mavsumni ham Italiyada boshlashi mumkin.
Aytish lozimki, Sandro Raneri bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Rimga etib keldi. Tez orada shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, "Benevento" ayni damda A Seriyaning o‘tgan 19ta turidan so‘ng 4 ochko bilan 20-o‘rnini egallab turibdi.

Fikrlar