A Seriya. "Inter" markaziy o‘yinda "Latsio"ni yirik hisobda mag‘lub qildi

 

Italiya A Seriyasi 18-tur markaziy o‘yinida "Inter" va "Latsio" o‘zaro kurash olib borishdi. 

Qiziqarli va murosasiz kechgan o‘yinda "neradzurri" 3:0 hisobida zafar quchdi. G‘oliblar safida Mauro Ikardi dubl qayd etdi, Banega yana bitta golga mualliflik qildi.  

Inter  – Latsio 3:0

Gollar: Banega, 54, Ikardi, 56, 65

Inter: Xandanovich – D'Ambrozio, Miranda, Murilo, Ansaldi (Nagatomo, 63) – Brozovich, Kondogbiya – Kandreva (Gabigol, 86), Banega (Palasio, 74), Perishich – Ikardi.

Latsio: Marketti – Basta, de Vrey, Uollas, Patrik (Keyta, 59) – Parolo, Bilya (Kataldi, 83), Milinkovich-Savich – Felipe Anderson, Immobile, Lulich (Lombardi. 72).

Ogohlantirishlar: Ansaldi, Miranda – Felipe Anderson, Lulich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!