
A Seriya. "Inter" so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
A Seriya 19-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Verona" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda matsydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Lautaro Martines mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 74-daqiqada Tomas Anri muvozanatni tikladi, ammo 90+3-daqiqada Davide Frattezi gol urib, yana mezbonlarning ustunligini ta’minladi.
Shundan so‘ng "Verona" futbolchisi maydondan chetlatildi, birinchi gol muallifi Anri penaltidan foydalana olmadi. So‘nggi daqiqalarda urilgan Frattezining golidan so‘ng darvozalar boshqa ishg‘ol etilmadi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 48 taga etkazib olgan Indzagi shogirdlari A Seriya turnir jadvalida 1-pog‘onani band etib turibdi. "Verona" esa 14 ochko bilan 18-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar