A Seriya klubi prezidentida koronavirus aniqlandi
Italiya A Seriyasi vakili hisoblangan "Breshiya" klubi prezidenti Massimo Chellino koronavirusga chalinganini ma’lum qildi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
“Men bir necha kun Kalyarida bo‘ldim. Ungacha 3 hafta davomida Breshiyada karantinda bo‘ldim. Men kasalxonaga bordim va u erda bir nechta analiz topshirdim. OAV qizimda virus borligini, o‘g‘limda esa yo‘qligini aytdi. Menda kasallik alomatlari bor edi, men haddan tashqari charchoq va suyak og‘rig‘ini his qilardim”, - deydi prezident.
Bundan avvalroq Massimo Chellino agar A Seriya davom ettirilgan taqdirda ham jamoasi o‘yinlarda ishtirok etmasligini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar