A Seriya may oyida davom ettirilishi mumkin
Koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan Italiya chempionati yaqin vaqtlar ichida davom ettirilishi mumkin. Bu haqida yuqumli kasalliklar bo‘yicha etakchi mutaxassis Jovanni Rezza ta’kidlab o‘tdi.
"Hozirgi sharoitda chempionatni davom ettirib bo‘lmaydi, ammo karantin holatini kuchaytirish orqali bir oydan so‘ng bunga erishish mumkin.
Mavsumni qayta boshlashga urinish ma’lum bir xavfga sabab bo‘lishi mumkin, ammo bu xafni qatiy choralar orqali kamaytirish imkonimiz bor", - deydi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar