
A Seriya. "Milan" yirik g‘alabani tantana qildi
A Seriya 19-turidan o‘rin olgan "Empoli" - "Milan" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "rossonerilar" 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Loftus-Chik, Jiru hamda Traore tomonidan kiritilgan gollar mehmonlarga 3 ochko keltirdi.
Ochkolari sonini 39 taga etkazib olgan milanliklar A Seriya turnir jadvalida 3-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar