
A Seriya. "Napoli" 2 ta to‘p farqi bilan oldinda borib, yakunda mag‘lubiyatga uchradi
A Seriya 34-turidan o‘rin olgan "Empoli" - "Napoli" bellashuvi yakunlandi. Unda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalari tarkibida Pinamonti dubl qayd etgan bo‘lsa, yana 1 gol Xenderson nomiga yozib qo‘yildi. Mehmonlarning 2 goliga Mertens va Insine mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Empoli" ochkolari sonini 37 taga etkazib oldi. Klub ayni payt jadvalda 14-o‘rinda bormoqda.
"Napoli" hisobida 67 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 3-o‘rindan joy egallagan.
Fikrlar