A Seriya. "Roma" ishonchli hisobda zafar quchib, peshqadamga aylanib oldi
Italiya A Seriyasining 11-turida Jan Pero Gasperini boshchiligidagi "Roma" o‘z uyida "Udineze"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, uchrashuvning 42-daqiqasida Lorentso Pellegrini penaltidan foydalanib hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 61-daqiqada esa Zeki Chelik farqni 2 taga etkazib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, rimliklar ushbu g‘alaba orqali "Napoli" hamda "Milan"ni quvib o‘tgan holda, 1-o‘ringa chiqib oldi. Jamoa hisobida 23 ochko mavjud.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Roma
- Lorenzo Pellegrini 42'
- Zeki Çelik 61'
Tugadi
2
:
0
09.11.2025 22:00



Fikrlar