
A Seriya. Shomurodov gol urgan uchrashuvda "Roma" mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
Italiya A Seriyasining 31-turidan o‘rin olgan uchrashuv yakunlandi.
Ushbu tur doirasida "Roma" Turinning "Yuventus" klubi bilan to‘qnash kelib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuvning 42-daqiqasida Lokatelli hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning avvalida Mats Xummels o‘rniga maydonga tushgan Eldor Shomurodov 3 daqiqa o‘tib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, rimliklar navbatdagi bellashuvini 13 aprel kuni soat 23:45 da "Latsio"ga qarshi o‘tkazadi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum

Roma
- Eldor Shomurodov 49'
Tugadi
1
:
1
06.04.2025 23:45

Yuventus
- Manuel Locatelli 40'
Fikrlar