
Jahon chempionati vaqtida A Seriya jamoalari futbol o‘ynamoqchi
2022-2023 yilgi futbol mavsumi Evropada o‘zgacha o‘tadigan bo‘lyapti. Chunki Qatardagi jahon chempionati tufayli “ko‘hna qit’a” chempionatlari bir oy muddatga to‘xtatiladi.
Ayni paytda A Seriya jamoalari oradagi bo‘shliqni mini-turnir ko‘rinishidagi musobaqa bilan to‘ldirish masalasini o‘rganib chiqmoqda. Unga ko‘ra, Italiyaning 6-8 klubi o‘zaro bellashadi. Turnir AQShda tashkil etiladi. Bu g‘oyani “Napoli” prezidenti Aurelio de Laurentis ilgari surmoqda.
Mini-turnirdan ko‘zlangan asosiy maqsad AQShda bo‘ladigan uchrashuvlar teletranslyatsiya huquqini sotish orqali daromad ishlab olishdan iborat.
Qatardagi jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar o‘tkaziladi.
Fikrlar