A Seriyaning sobiq vakili bankrot bo‘ldi

  • 10 iyul, 2021, 17:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Livorno" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali jamoani tugatish ishlari boshlanganini e’lon qildi.

Tecno

“To‘q qizillar” katta miqdordagi qarzlar va mablag‘ etishmasligi sababli bankrot deb e’lon qilindi. Agar 19 iyul sanasigacha investor topilmasa, keyin klubni qutqarib bo‘lmaydi.

"Livorno" 2014 yilgacha A Seriyada ishtirok etgan. Ushba jamoa yakunlangan 2020/21 yilgi mavsumda S Seriyada so‘nggi pog‘onani egalladi.

“Livorno” klubiga 1915 yilda asos solingan. Jamoa Livorno shahridagi "Armando Pikki" nomli stadionda o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!