A Seriyaning yangi mavsumi start oldi yoxud 1-turdagi kutilgan va kutilmagan natijalar

  • 20 avgust, 2024, 17:56
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning yangi 2024/25 mavsumi start oldi. Birinchi tur doirasidagi o‘yinlar "Yuventus" -"Komo" bahsi bilan yakuniga etdi.  

Tecno

"Yuventus" - Mottaning ajoyib starti

Yangi murabbiy boshchiligidagi ilk rasmiy o‘yin muxlislarda ijobiy taassurot qoldirdi .

"Yuventus"ning o‘ninchi raqamdagi yangi kuchi Kenan Yildiz o‘zini ko‘rsatdi. Himoyaga ham yordam berdi, to‘p bilan ajoyib dribblinglarni amalga oshirdi va golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Yarim himoya chizig‘ida maydonga tushgan Lokatelli  o‘yin davomida Kambyazo bilan o‘rin almashdi va o‘ng yoki markaziy himoyachi pozitsiyasida o‘ynadi. Andrea ko‘proq hujumkor rolida harakat qildi. To‘pga egalik qilish borasida u ajoyib ko‘rsatkich qayd etdi va tez-tez hujumda samarali o‘yin ko‘rsatdi.

Milan klublaridan muvaffaqiyatsiz start

"Inter" ham, "Milan" ham o‘z bahslarida favorit edi. Birinchisiga Bissekaning o‘z jarima maydonchasidagi beparvo o‘yini to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, ikkinchisida imkoniyatlardan unumli foydalanmaganligi va Fonsekaning asosiy tarkibni tanlashdagi qarori xalal berdi. Shu bilan birga, "Jenoa" va "Torino" ham juda munosib o‘yin o‘tkazishdi va umuman olganda ijobiy natijaga loyiq edi.

Keyingi turda "Inter" favoritligicha qoladi, raqib "Lechche"ning g‘alaba uchun imkoniyatlari kam. "Milan"ga esa qiyin bo‘ladi. Sababi, Morata jarohat oldi, Yovich esa kutilganidek o‘yin ko‘rsata olmadi.

"Napoli"ning "qovun"lari davom etmoqda

"Napoli" o‘tgan mavsumdagi kabi "dahshatli tush"ni ko‘rayotganga o‘xshaydi. "Verona"ga qarshi o‘yinni kuzatgan muxlislarga ayon bo‘ldiki, neapolliklar uchun mavsum oson bo‘lmaydi. Konte hali o‘z uslubiga mos hujumchi olib kelmadi. U mashaqqatli mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ham ma’lum, shuning uchun "Napoli" mavsum boshida qiynalib qolsa ajab emas.

"Parma" va "Torino" hayratda qoldirdi

Yangi-eski tanishlar oliy ligaga ajoyib qaytishdi, "Fiorentina" bilan o‘yinda hujumlar ajoyib tashkil etildi, ammo himoya chizig‘iga savollar ko‘p. 

Butun himoya markazini boy bergan "Torino" qarshi hujumlar evaziga "Milan" bilan teng o‘ynadi.

Ajoyib natijalarga  boy o‘tgan birinchi turdan so‘ng turnir jadvali qo‘yidagi ko‘rinishga keldi:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!