
A va B Pro-ligada ishtirok etuvchi jamoalar ma’lum, qur’a 23 mart kuni tashlanadi
Dastavval e’lon qilinganidek, “Mash’al”, “Neftchi”, “Sho‘rtan”, “Istiqlol”, “Sherdor”, “Xorazm” klublari A Pro-ligada ishtirok etadi. Ular qatorida e’tirof etilgan “Orol” klubi esa A Pro-ligada emas, balki B Pro-ligada qatnashish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Nukusliklar bu borada PFLga rasmiy murojaat bilan chiqishdi. Ayni paytda davom etayotgan PFL kubogi-2019 musobaqasi g‘olibi A Pro-liga yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. A Pro-ligada bo‘sh qolayotgan “Orol” jamoasining o‘rni ham PFL kubogi-2019 finalchisi bilan to‘ldiriladigan bo‘ldi. Natijada musobaqa finaliga yo‘l olgan “Oq-tepa” va “Iftixor” jamoalari A Pro-liga 2019da ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.
Qayd etish joiz, 22 mart kuni PFL kubogida final uchrashuvi o‘tkaziladi. 23 mart sanasiga esa A va B Pro-ligalari uchun qur’a tashlash marosimi rejalashtirilgan.
Fikrlar