Aaron Remzi: "Arsenal" yarim finalga chiqish uchun ajoyib imkoniyatga ega

  • 12.04.2019 11:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi kecha "Napoli"ga (2:0) qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz ushbu qarama-qarshilikni ajoyib boshladik, 2ta gol urdik va o‘z darvozamiz dahlsizligini saqlab qoldik. Shuni alohida ta’kidlashim kerakki, bu natijani qo‘lga kiritish bizga oson bo‘lmadi. “Napoli” – to‘p bilan yaxshi muamala qila oladigan kuchli jamoa.

Endi Neapoldagi javob bahsida bundanda qiyin bo‘ladi, biz buni tushunib turibmiz. Biz ushbu o‘yinda to‘liq kontsentratsiya bilan harakat qilishimiz kerak. Hozir biz yarim finalga chiqish uchun ajoyib imkoniyatga egamiz”, - deydi uelslik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Napoli” – “Arsenal” jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 18 aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!