Abbos Fayzullaevga "Fenerbaxche"dan ham taklif bo‘lgan, ammo...

  • 28 iyul, 2023, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" klubi bosh direktori Dmitriy Adisman jamoa yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevning TsSKAga o‘tish ehtimoli haqida gapirdi.

Tecno

Xabar qilinishicha, moskvaliklar 19 yoshli vinger uchun 500 ming evro to‘laydi.

“Muzokaralar yakuniy bosqichda olib borilmoqda. Hammasi bugun [juma] ma’lum bo‘ladi. Biz uni qo‘yib yubormoqchi emasmiz, lekin Fayzullaevning o‘zi ketishni xohlaydi. Agar o‘yinchi: "Men xohlayman!" – desa, biz uni ushlab o‘tirmaymiz.

Biz uchun bu yo‘qotish. U jamoa va terma jamoaning asosiy futbolchisi. Fayzullaev yosh, maydonni yaxshi ko‘ra oladi, kelajagi porloq futbolchi.

U TsSKAda ushbu pozitsiyada ikkinchi yoki uchinchi futbolchi bo‘ladi va zaxiradan maydonga tushishini bilamiz. Bizda esa doimiy o‘yin amaliyoti bor. Bu yosh futbolchining o‘sishi uchun juda muhim. TsSKA - ajoyib klub, ammo u erda yo‘qolib qolish ham mumkin...

"Fenerbaxche"dan qiziqish bor edi, lekin futbolchi buni istamadi. Shuning uchun taklif ko‘rib chiqilmadi”, - dedi Dmitriy Adisman Sport24 nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!