Abbosbek Fayzullaev TsSKAning RPLdagi ishtiroki haqida gapirdi

  • 31 may, 2024, 18:49
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev "armiyachilar"ning o‘tkazgan mavsumi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Yomon o‘ynadik, deb o‘ylamayman. Statistikaga qarasangiz, mavsumni eng sermahsul jamoasiga aylandik. Biz ko‘p gol urdik, ammo o‘yinlar yakunida ko‘p ochko yo‘qotdik va bu yakunda turnir jadvaliga ta’sir qildi.

TsSKAning kelasi mavsum chempionlik uchun kurashishi haqiqatmi? 

"Menimcha, ha. Yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rsak, albatta", - deya Fayzullaevning so‘zlarini keltirdi "MATCH TV". 

Qayd etish lozim, TsSKA o‘tgan mavsum 48 ochko jamg‘arib, RPL turnir jadvalida oltinchi o‘rinni band etdi. Abbosbek Fayzullaev esa 22 uchrashuvda 4 ta gol hamda 11 ta golli uzatma muallifiga aylangan. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!