
Abduholiqov "Qizilqum"dagi taqdiri bo‘yicha bir qarorga keldi
Yil boshida “Qizilqum” jamoasiga o‘tgan hujumchi Temurxo‘ja Abduholiqov yakuniga etgan chempionatda o‘z hisobiga 13 ta gol yozib qo‘ydi.
Tajribali futbolchiga yaxshi takliflar bor. Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raev hujumchiga yana “Qizilqum”da qolish imkoniyatingiz bormi, deya savol berganida shunday javob qaytardi:
- Yo‘q, “Qizilqum”da umuman qolmayman. Bu aniq. Shu oyda shartnomam tugaydi.
Fikrlar