
Abdulhay Shorahmatov: "U haqiqiy erkak!"
Abdulxay Shorahmatov professional boksda ikkinchi jangini o‘tkazdi.Polshaning Gnev shahrida "Queensberry Polska" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan jang kechasida Shorahmatov mezbon Robert Niedzviedskiga qarshi ringga ko‘tarilib, ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.
Jang yakunlanganidan keyin faoliyatiga oid savollarga javob berdi.
“Rahmat. Maxalliy xalq bizni iliq kutib oldi. Munosib raqib edi. U bundanda yaxshi janglarga loyiq. Yaratgan unga omadlar bersin. U ringga qo‘rqmay, jang qilgani chiqdi. U haqiqiy erkak! Juda chiroyli jang bo‘ldi. Faqat maqtovlar aytish mumkin. Biz faoliyatimizni endigina boshladik. Meni Mariush Endjeyvski va murabbiy Fyodor Lapin "Queensberry Polska" promouterlik kompaniyasiga taklif qilishdi. Biz Angliyani, keyinchalik esa, butun dunyoni zabt etamiz!”- dedi Shorahmatov.
Ma’lumot uchun, u birinchi jangida filippinlik Benjio Ebidon nokautga uchratgandi.
Fikrlar