Abdulhay Shorahmatovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 7 yanvar, 2021, 20:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55 kg) o‘z faoliyatini olib borayotgan Abdulhay Shorahmatov (2-0, 2KO) navbatdagi jangini 27 fevralda Polshada o‘tkazadi. Bu haqda bokschiga yaqin insonlardan biri Sports.uz saytiga ma’lum qildi. Raqib angliyalik Maykl Remabeletsa (18-18, 8KO) bo‘lishi kutilmoqda.

Tecno

Dastlavval, jang Angliyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli, jang Polshaga ko‘chirildi. Keyinchalik raqib o‘zgarishi ehtimoli ham bor.

Abdulhay Shorahmatov 22 noyabr kuni "Queensberry Polska" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan jang kechasida Robert Niedziedzkini ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.

Shuningdek, Shorahmatov havaskor boksda 3 karra O‘zbekiston chempioni va “Islom birdamlik o‘yinlari” g‘olibi sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!