Abdullo Tangrievga Rio Olimpiadasi medali taqdim qilinishi mumkin

CHERY AUTO

Super og‘ir vazn toifasida Rio Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilgan vakilimiz Abdullo Tangriev ham Rio Olimpiadasi sovrindorlari qatoriga qo‘shilishi mumkin. Gap shundaki, musobaqada +100 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan braziliyalik dzyudochi Rafael Silvaning qontahlilidan ta’qiqlangan preparat chiqqan. 

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, Silvadan Rio Olimpiadasidan avval o‘tkazilgan Pan-Amerika turnirida olingan tahlil ijobiy natija ko‘rsatgan. Agar bu qayta o‘tkaziladigan tekshiruvda ham bu tahlil ijobiy chiqsa va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ham tahlilni tasdiqlasa, dzyudochi Rio Olimpiadasidagi medalidan mosuvo bo‘lishi ham mumkin.

28654371950_59820b4fd9_b

Bordiyu shunday holat yuz bersa, uning bronza medali hamyurtimiz Abdullo Tangrievga taqdim etiladi. Eslatib o‘tamiz, Tangriev Rio Olimpiadasining bronza medali uchun kechgan bellashuvida ushbu sportchiga imkoniyatni boy bergan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!