Abdunabiev "Bunyodkor" bilan shartnoma imzoladi

  • 6 yanvar, 09:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumni "Lokomotiv" tarkibida o‘tkazgan yarim himoyachi Sardor Abdunabiev 2025 yilni boshqa klubda davom ettiradigan bo‘ldi.

Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi "Bunyodkor"dan tushgan taklifni qabul qildi va uch yillik shartnomaga imzo chekdi.

26 yoshli Abdunabiev o‘tgan yili "Lokomotiv" safida jami 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta assistni bajardi.

Sardorga yana boshqa takliflar ham bor edi. Biroq u "Bunyodkor"ni tanladi va o‘z navbatida "Qaldirg‘ochlar" ham ushbu o‘yinchini qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakat qildilar. Natijada Abdunabiev yangi mavsumni mazkur jamoada o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!