Abduqodir Husanov "Manchester Siti" tarkibida ajoyib statistika qayd etmoqda
APLning 24-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" — "Manchester Siti" (2:2) jamoalari orasidagi uchrashuvda "shaharliklar" safida Abduqodir Husanov ilk daqiqalardan tarkibda maydonga tushdi. O‘zbekistonlik himoyachi Ruben Diash hamda Yoshko Gvardiol jarohat olganidan so‘ng "Siti"ning asosiy futbolchisiga aylanib oldi.
Husanov barcha musobaqalar doirasida so‘nggi 8 ta o‘yinning barchasida boshlang‘ich tarkibdan joy olib, to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Joriy mavsum manchesterliklar tarkibida hech kim bunday statistika amalga oshirmagan. Ushbu o‘yinlarda "Siti" 2 durang, 2 ta mag‘lubiyat va 4 g‘alaba qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Xosep Gvardiola shogirdlari keyingi bellashuvni Angliya kubogida "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar