Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da oy futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatorida
"Manchester Siti" aprel oyining eng yaxshi futbolchisi sovriniga da'vogarlani e'lon qildi. Quvonarlisi, nomzodlar orasidan oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ham joy oldi.
Ushbu sovrin uchun Husanov Bernardu Silva va Niko O'Rayli bilan raqobat qiladi. Klub oʻz rasmiy sahifalari orqali muxlislar ovoz berishini boshlab yuborgan.
Abduqodirning bu roʻyxatdan oʻrin olishi uning soʻnggi bahslardagi ishonchli va barqaror oʻyini samarasi sifatida baholanmoqda. Yosh himoyachi qisqa vaqt ichida jamoa muxlislari eʼtiborini qozonib, asosiy tarkib uchun jiddiy daʼvogarga aylanib ulgirdi.

Eslatib oʻtamiz, hamyurtimiz "shaharliklar" tarkibida umumiy 43 ta oʻyinda maydonga tushishga ulgirdi.

Fikrlar