Abduqodir Husanov nima sababdan "Brentford"ga qarshi oʻyinda qaydnomadan ham joy olmadi?
Xabaringiz bor, bugun Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" o‘z maydonida "Brentford"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv uchun tarkiblar e’lon qilindi. Qiziq tomoni shuki, hamyurtimiz Abduqodir Husanov qaydnomadan ham joy olmadi.
"Manchester Siti" klubining ma’lumotiga ko‘ra, vakilimiz bo‘lajak bellashuvga to‘liq tayyor emas. Shu sabab, Husanov bugun tarkibdan tushib qolgan. Uning "Everton"ga qarshi o‘yinda zarba qilib olgani, biroq jarohat jiddiy emasligi ta’kidlanmoqda.
Shuningdek, uzoq muddatli jarohatdan chiqqan Yoshko Gvardiol ham mashg‘ulotlarga qaytgan bo‘lsa-da, o‘yinda ishtirok etmaydi.
Shu bilan birga, Ruben Diash mart oyidagi "Real Madrid"ga qarshi uchrashuvdan beri ilk bor jamoa qaydnomasiga kiritildi.
Ma’lumot o‘rnida, agar "Manchester Siti" bugun g‘alaba qo‘zonsa, "Arsenal" bilan oradagi farq ikki ochkoga qisqaradi. Mavsum tugashiga esa uchta tur qoldi.

Fikrlar