Abduqodir Husanov Osiyoda tengsiz!

  • 02.01.2026 16:39
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Goalpost asia nashriga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va "Manchester Siti" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov yakunlangan 2025 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Ushbu mukofot uchun Yan Min-Hyok, Kim Minsu, Yens Kastrop, Kota Takay, Aleks Badolato, Joël Chima Fujita, Abduqodir Husanov, Nestori Irankunda, Marselino Ferdinan, Abbosbek Fayzullaev, Li Han-Bom hamda Ali Jasim o‘rtasida kurash kechdi.

Yakunda nashr tomonidan hamyurtimiz Abduqodir Husanov g‘olib deb topildi.

Ma’lumot uchun, Husanov 2025 yilda klub va milliy terma jamoa safida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!