
Abdurahim Nutfulloev Ulan-Bator “Katta dubulg‘a” chempioniga aylandi
Bugun Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi start oldi. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki kunning o‘zida oltin medal yozildi.
-66 kg vazn toifasida qatnashgan yurtdoshimiz Abdurahim Nutfulloev barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.
Qayd etish joiz, dzyudochimiz final bellashuvida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori, moldovalik Denis Vieruni mag‘lubiyatga uchratishni uddaladi.
Fikrlar