Abdurasul Ismoilov professional ringda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi

  • 18 mart, 2019, 19:45
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi tashkil etilgan boks oqshomida ikki nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazishdi.

Tecno

Vakillarimiz ishtirokidagi dastlabki to‘qnashuvda Abdurasul Ismoilov mezbon bokschi Yon Min Kim ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Shunday qilib, 8 raund davom etgan qarama-qarshilikda g‘olib nomi ochkolar bo‘yicha aniqlandi.

Ikkinchi jangda esa mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirish kelayotgan Ravshanbek Shermatov tajribali va engilmas bokschi Jon Sun Gangga ochkolar hisobiga mag‘lubi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, har ikki o‘zbekistonlik bokschi ham bu jangga qadar professional ringda 3 martadan jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!