
Abdusalom Azizov O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti lovazimidan ketdi
Abdusalom Azizov O‘zbekiston Futbol assotsiyasi prezidenti lovazimidan ketdi. Uning o‘rnini vaqtinchalik O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov egaladi.
"22 fevral kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Kongressi bo‘lib o‘tadi. Assotsiatsiya nizomiga binoan, Kongress o‘tkazilgunga qadar O‘FA prezidenti vazifalari O‘FA birinchi vitse-prezidenti zimmasiga yuklatiladi", - deya rasmiy bayonot berildi.
Ma’lumot uchun, Abdusalom Azizov O‘FAni 2019 yil 15 iyuldan buyon boshqarib kelayotgandi.
Fikrlar