Abramov "Qizilqum"dan uchralgan yirik mag‘liyabtga qanday izoh berdi?

  • 18 avgust, 2022, 23:19
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 16-turi doirasidagi so‘nggi uchrashuv yakuniga etdi. 

Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan uchrashuvda "Qizilqum" "Dinamo" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi - 4:1. 

Navoiy klubining gollarga Temurxo‘ja Abdiholiqov, Pol Komolafe, Islom Kenjaboev va Aleksandr Stanislavlevich mualliflik qilgan bo‘lsa, Samarqand klubining yagona goli Ibrohim YO‘ldoshev tomonidan kiritildi. 

O‘yindan so‘ng samarqandliklar ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi: 

- Boshqa-boshqa darajadagi jamoalar o‘ynadi, deya olaman. Bizda statistika shunday. Hammadan kam gol urib, hammadan ko‘p o‘tkazib yuborganmiz. 

- O‘yinchilar tayyor bo‘lsa, maydonga tushishadi. Bizda zaxira o‘rindig‘i chegaralargan. Buni tushunishga harakat qilish kerak. 

- O‘zingio‘ ko‘rganingizdek, darvozabon aybdor emas. Ko‘proq savollar himoyachilarga. Ushbu pozitsiyada o‘ynayotgan futbolchilar bunaqa harakat qilmasligi kerak edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
араббаевич давлат
19/08/2022 10:16
Бошка яхширок тренер топилмайдими Узбекистонда.