
Abramov va Berdiev to‘qnashuvida kim g‘olib chiqadi?
Bugun Superliganing 15-turi doirasida "Dinamo" Samarqandda "Nasaf"ni qabul qiladi. "Nasaf" matbuot xizmati o‘yin oldidan statistik raqamlarni taqdim qildi.
Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionati doirasida hozirgacha 44 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Bu bellashuvlarning 23 tasida "ajdarlar" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 8 uchrashuvda samarqandliklar zafar quchishgan. Yana 13 o‘yinda durang natijasi qayd etilgan. To‘plar nisbati ham "Nasaf" foydasiga – 65:40.
O‘tgan mavsum Qarshida o‘tgan o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan edi. Samarqanddagi javob uchrashuvida esa qarshiliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. O‘sha o‘yinda hal qiluvchi golni Abduvohid Ne’matov penaltidan muvoffaqiyatli amalga oshirgan edi.
"Dinamo" - "Nasaf" o‘yini bugun Samarqandda soat 20:00 da boshlanadi.
Fikrlar