Abramovichning hisoblari muzatildi, u “Chelsi”ni sotolmaydi!

  • 10.03.2022 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovichning Britaniyadagi aktivlari muzlatilganidan keyin u klubni sotib yubora olmaydigan bo‘ldi.

O‘tgan hafta rossiyalik milliarder klubni, “Stemford  Brij” arenasi va “Chelsi”ning ko‘chmas mulklarini sotib yuborishga qaror qilgandi. Biroq tadbirkor rejasini amalga oshirishga ulgurmadi.

Britaniya hukumati qo‘llagan saktsiyaga ko‘ra, Abramovich jismoniy shaxs va kompaniyalar bilan tranzaktsiya qila olmaydi va sayyohatga chiqishiga ham cheklov qo‘yilgan.

Bundan tashqari, “Chelsi” klubi yangi transferlarni amalga oshirishi, o‘yinchilarga yangi shartnoma berishi, uchrashuvlarga chipta sotishi, atributlar bilan savdo qilishi va stadionni rekonstruktsiya qilishi ham ta’qiqlandi.

Roman Abramovich klubni 3 milliard funtga baholayotgan edi va uni sotib olish uchun bir necha xaridorlar taklif bilan chiqqan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!