Abraxam: Men final uchun o‘chimni oldim!

  • 20 may, 2022, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam uchun mavsum juda omadli davom etmoqda. "Chelsi"dagi faoliyatida pasayish kuzatilgan o‘yinchi, Rim klubini tanlab, to‘g‘ri qaror qilganini vaqt ko‘rsatdi. Ayni paytda angliyalik hujumchi "Roma"ning talabchan muxlislari hurmatini qozonib bo‘ldi.

Tecno

Temmi Abraxam ketma-ket ikkinchi yil UEFA tasnifidagi xalqaro musobaqalar finalida o‘ynaydi. O‘tgan mavsumda Temmi "Chelsi" safida Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan edi. Endi qahramonimizda Konferentsiyalar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritib, tarixda o‘z nomini qoldirish imkoni bor.

Jurnalistlar ham Abraxam bilan intervyuni aynan Chempionlar ligasidagi g‘alabani yodga olish bilan boshlagani ham bejiz emas, albatta. 

47104486

- O‘tgan mavsum “Chelsi” bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan eding. Bu galgi finalning sen uchun ahamiyati qanday?

- Final har doim finaldir. Bu Chempionlar ligasi bo‘ladimi yoki Konferentsiyalar ligasimi, farqi yo‘q. Futbolchi doim finalda qatnashib, o‘zi, jamoasi, shahri uchun g‘olib chiqishni istaydi. Hozir oldimizda ikkita final bor. Birinchisi, chempionatning oxirgi Turindagi bahsi, keyingisi Konferentsiyalar ligasining hal qiluvchi bellashuvi.

- Bosh bilan urgan goling nafaqat butun “Olimpiko”ni, balki Rimni larzaga soldi. Qaysi gol ekanini esladingmi?

To‘g‘risini aytsam, hamon o‘sha gol videosini takror-takror ko‘ryapman. Men “Lester” bizga nimalar tayyorlab qo‘yganini bilardim. Men ularni yaxshi bilaman-ku. Men Angliya kubogi finalidagi mag‘lubiyatim uchun “tulkilardan” o‘chimni olmoqchi edim va buni ajoyib tarzda uddaladim.  

- Italiyada ko‘p chempionlar ham muammolarga duch keladi. Lekin sen doim yuqori samaradorlikni ushlab turibsan, qanday uddalayapsan?

- Bunda mening jamoadoshlarim, murabbiylar shtabi va muxlislar xizmati bor. Boshqa mamlakatga kelib, moslashib olish oson emas. Kelgan ilk kunimdan o‘zimni uyimdagidek his qildim va o‘zimga bu jamoa uchun borimni beraman, deb va’da qildim. Ishonch va muhabbatga eng yaxshi va munosib javob biror sovrinni boshimiz uchra ko‘tarish bo‘ladi.

- Italiyada o‘ynash juda katta tajriba va bu mening hayotimdagi eng to‘g‘ri qarorlarimdan biri hisoblanadi.

- “Feyenoord” haqida nimalarni o‘ylayapsan?

- Zo‘r jamoa, ular hujumkor va chiroyli futbol namoyish qiladi. Ularning hujumchisi Dessers Konferentsiyalar ligasida mendan bitta golga o‘zib ketgan, shu hisob-kitobni to‘g‘rilab qo‘yishimiz kerak. Rik Karsdorp menga ular haqida gapirib berdi. Ular tez o‘ynashni yaxshi ko‘radi, doimo gol urishga intiladi, xuddi biz kabi. Biz ularni engishim shart.

- “Roma”dagi gollandiyalik o‘yinchi – Karsdorp sizlarga yordam bera oladimi?

- Bo‘lajak o‘yin uning uchun muhim ahamiyatga ega ekani ochiq haqiqat. Chunki u “Feyenoord”da ulg‘aygan. Men ham yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda ularga duch kelganman. Oldindagi bahs har ikki klub uchun ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Chunki bu yangi turnirning ilk finalidir.

1647977066_466784_1

“Roma” va “ Feyenoord” o‘rtasidagi Konferentsiyalar ligasi finali 25 may kuni Albaniyaning Tirana shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnir g‘olibiga bosh sovrindan tashqari kelasi mavsum Evropa ligasida qatnashish huquqi beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Temmi Abraxam “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino talabiga ko‘ra, rimliklar o‘tgan yili yozda angliyalik futbolchini 40 million evro evaziga transfer qildi.

“Roma” Abraxamning faoliyatini yangi bosqichga ko‘tardi. “Chelsi”da asosiy tarkibga kira olmayotgan iste’dodli o‘yinchi Rimdagi faoliyati tufayli yana Angliya terma jamoasidan taklif ola boshladi.

Temmi mavsum davomida 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 24 marotaba ishg‘ol qildi.

Ayni paytda angliyalik hujumchiga “Manchester Yunayted”, “Arsenal”, “Tottenxem” va “Chelsi”ning o‘zidan jiddiy takliflar bo‘lyapti.

Mourino: MDH tomonlardan yana bir o‘yinchi olmasak bo‘lmaydi!

"Olimpiko"dagi so‘nggi golni urgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Legionerimiz o‘ziga Evropaning kuchli ligalariga yo‘l ochmoqda!

“Roma”ning po‘stagini qoqamiz!

Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!