Abrorbek Ismoilov: "Surxon" jamoasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman

  • 06.03.2020 23:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan mavsumni Termizning "Surxon" jamoasi tarkibida o‘tkazgan tajribali va yosh yarim himoyachi Abrorbek Ismoilov bu mavsumdan boshlab "Paxtakor" jamoasi sharafaini himoya qilmoqda.

"Surxon" matbuot xizmati esa bugun Abrorbek Ismoilov kichik suhbat uyushtirdi.

- "Paxtakor" jamoasidagi taassurotlar qanday?

Bilasizmi, "Paxtakor"da futbol uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jamoa bir-biri bilan ahil va jamoa o‘z oldiga faqat yuqori maqsadlarni qo‘ygan.

- "Surxon" jamoasi haqida fikrlaringiz?

Meni shu darajaga etishishimda "Surxon" jamoasining ham o‘rni katta. Men "Surxon" jamoasidagi barcha-barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Xusuan, klub - prezidentiga, murabbiylar shtabiga va futbolchilarga rahmat aytaman. Tajribali Shavkat Salomov ko‘pincha menga maslahat berar edi va men undan ko‘p narsalarni o‘rgandim. "Surxon" jamoasida muhit zo‘r edi. Qolaversa mashg‘ulotlarda zerikmasdim. Suxrob Nematov, Abduqaxxor Xojiakbarov, Raxmatullo Berdimurodov va Azamat Isroilovlar har kuni mashg‘ulotlarda turli hil "Shou" larni ko‘rsatar edi (kuladi). Biz bir ahil oila edik.

Shu o‘rinda, g‘alaba qozonganimizda ham, mag‘lub bo‘lganimizda ham bizni tinimsiz qo‘llab-quvvatlagan Surxondaryolik muhlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Surxondaryolik muhlislarni hech qachon unutmayman.

Meni qo‘llab-quvvatlagan barcha-bargacha rahmat. Murabbiylarimga rahmat va yana bir insonga alohida rahmat aytaman. U inson kim ekanligi hozircha sir bo‘la qolsin. "Surxon" jamoasiga ham bu mavsumda omad tilayman - deydi Abrorbek Ismoilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!