Abubakir Mo‘ydinov: Superligaga chiqish masadida «Dinamo»ga o‘tdim

  • 29 iyul, 2023, 18:18
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

«Dinamo» jamoasining yangi a’zosi Abubakir Muydinov Samarqand klubi bilan shartnoma imzolagach, fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- «Dinamo»ga o‘tganimdan xursandman. Samarqand klubiga Vadim Karlenovich taklif etdi. Jamoa safiga Issiqko‘ldagi yig‘in oldidan qo‘shildim, ko‘rib turibman tarkib ancha kuchli va bu erda tajribali o‘yinchilar yig‘ilgan. Qirg‘izistondagi tayyorgarlik yaxshi o‘tdi, endigi maqsad Superligaga chiqish uchun kurashish.

O‘zi aynan Superligaga chiqish masadida «Dinamo»ga o‘tdim. Bor kuchimni sarflashga tayyorman. Yangi jamoamda moslashish jarayonidaman, tarkibdagi aksariyat o‘yinchilarni bilganim uchun bu oson kechayapti. Vadim Abramovni ham o‘z taktikasi va qarashiga ega bo‘lgan murabbiy deb bilaman. Samarqandlik muxlislarni xursand qilish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz», - deydi Abubakir Muydinov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!