
Adebayor: "Siz "Real Madrid" mashg‘ulotiga hech qachon birinchi bo‘lib kela olmaysiz"
"Manchester Siti" va "Tottenxem"ning sobiq futbolchisi hisoblangan Emmanuel Adebayor "Real Madrid"dagi kichik faoliyati haqida gapirib o‘tdi.
"Qirollik klubi"ga kelganimda, ular menga mashg‘ulot ertalab soat 10:30 da bo‘lishini aytishdi. Men birinchi yaxshi deb o‘yladim va soat 8:30 da birinchi bo‘lish uchun kelmoqchi bo‘ldim. Shu bois, birinchilardan bo‘lib keldim ham. Atrofga qarasam, hech kimni ko‘rmayapman va fizioterapevtiga borib qaradim. U erda ham hech bir jamoadoshim yo‘q edi.
So‘ngra u erdagi xodimlardan so‘radim, men birinchi bo‘ldimmi? Yo‘q, Ronaldu ertaroq keladi va hovuzda suzadi, deb javob berishdi. Keyin esa bildimki, hech qachon birinchi bo‘lib mashg‘ulotlarga tashrif buyura olmayman" - deya ta’rif berib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda faoliyatini tugatgan hujumchi "qaymoqranglilar" safida 22 ta bellashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar