"Adu-Dhabi Chess Festival". O‘zbekistonlik shaxmatchi qiz - tengsiz, boshqa vakillarimiz ham yuqori o‘rinlarda

  • 23 avgust, 2024, 14:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida O‘ttizinchi Abu-Dabi Xalqaro shaxmat festivali bo‘lib o‘tmoqda. 14 avgust kuni start olgan musobaqada yurtimiz sharafini jami 32 nafar shaxmatchi himoya qilmoqda.

Mukofot jamg‘armasi jami 104 ming 50 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda 250 dan ortiq shaxmatchi "Masters", "Open A", "Open B" hamda "Juniors" guruhlarida bellashmoqdalar. 

Quvonarli tomoni shundaki, "Ladies" guruhida hamyurtimiz Hamdamova Afruza g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jami 6,5 ball to‘plagan hamyurtimiz raqiblaridan ajralib turgan holda, ushbu guruh peshqadami sifatida turnirni yakunladi. Bundan tashqari, yana bir hamyurtimiz Shahnoza Sabirova 6 ball bilan kuchli to‘rtlikdan o‘rin egalladi. 

Boshqa vakillarimiz joy olgan o‘rinlar: 

11. Nilufarxon Imomqo‘zieva - 5 ball; 
38. Asmina Abdulazizovna - 4 ball; 
58. Asmiraxon Abdulazizovna - 2,5 ball; 
81. Asal Salimova.

Bundan tashqari, "Family Teams" bahslarida O‘zbekistondan tashrif buyurgan Yakubboevlar oilasi ikkinchi pog‘onani qo‘lga kiritdi va 300 AQSh dollari sovrin mukofotiga ega bo‘ldi: 



Shuningdek, 16 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida blits bahslari ham bo‘lib o‘tdi. Quvonarli tomoni, unda vakilimiz Humoyun Begmuratov to‘rtinchi pog‘onaga ega chiqdi va 200 AQSh dollari pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

 
"Juniors" guruhining umumiy jadvalida yana bir vakilimi Akobirxon Saydaliev 6-pog‘onani band etdi va pul mukofotiga ega chiqdi. Shuningdek, Akbar Yakubboev 11, Ikromjon Halilov 13, Asilbek Abdulazizov 56, Azizjon Abdukarimov esa 125-pog‘onaniband etdi.



"Juniors" - Under 14, aniqrog‘i, "Juniors" toifasining 14 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar guruhida Akbar Yakubboev 3-o‘rinni egalladi va unga 150 AQSh dollari berildi. 



"Juniors" - Under U8 guruhida ishtirok etgan vakilamiz Asmina Abdulazizovna so‘nggi turgacha uchinchi o‘rinni band etib turgandi, ammo 3-turdagi mag‘lubiyat uni sovrinli o‘rindan mahrum qildi. Unga sovrinli o‘rin uchun atigi 0,5 ball etmadi. 



Abu Dabi shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro shaxmat festivali davom etadi. Oldinda bizni "Masters" guruhidagi qiziqarli bahslar kutib turibdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!