Afrika Millatlar kubogi. Jazoir Sudanni yirik hisobda engdi. Maxrezdan dubl

  • 24.12.2025 22:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Afrika Millatlar kubogining 1-turida Jazoir Sudanni 3:0 hisobida taslim etib, "E" guruhida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Guruhning ikkinchi bahsida Burkina-Faso 2:1 hisobida Ekvatorialni mag‘lub etdi. 
 
"Manchester Siti"ning sobiq hujumchisi hisoblangan Riyod Maxrez 2-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 61-daqiqada esa dublni rasmiylashtirgan holda, oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Uchrashuv yakunlanayotgan bir paytda Ibraxim Maza ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!