Afrika Millatlar kubogi. Senegal va Jazoir finalga chiqdi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Misr yashil maydonlarida futbol bo‘yicha Afrika Millatlar kubogi turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqaning yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi.
Jumladan, Senegal yagona gol evaziga Tunisdan ustun keldi – 1:0. Jazoir esa Nigeriyani 2:1 hisobida dog‘da qoldirdi.
Senegal – Tunis 1:0 (0:0, 0:0, 1:0)
14 iyul, 21.00, «30 June Air Defence Stadium»
Gol: 1:0 – 100, avtogol Bronn.
Senegal – Gomis, Sabali, Gassama (Vage, 110), Kulibali, Kuyate, Guye, Seve, Diatta (Sarr, 68), Ndiaye (Sane, 81), Mane, Nyang (Diane, 64).
Tunis – Assen, Xaddadi, Bronn, Merya, Dreger, Sassi (Badri, 105), Ben-Moxamed (Shalali, 82), Xazri, Skiri, Msakni (Sliti, 46), Xenissi (Shauat, 117).
Ogohlantirishlar: Xazri (64), Kulibali (73), Sliti (76).
***
Jazoir – Nigeriya 2:1 (1:0, 1:1)
15 iyul, 00.00, «Cairo International Stadium»
Gollar: 1:0 – 40, avtogol Trost-Ekong, 1:1 – 72, penalti Igalo, 2:1 – 90 Marez.
Jazoir – Mboli, Mandi, Zeffan, Benlamri, Bensebayni, Gediura, Bennaser, Feguli, Marez, Bunedja, Belaili.
Nigeriya – Akpeyi, Kollinz, Trost-Ekong, Omeruo, Avazem, Etebo, Chukvueze (Onekuru, 78), Ndidi, Ivobi, Igalo, Musa.
Ogohlantirishlar: Bunedja (52), Feguli (68), Mandi (71), Avazem (88).
Eslatib o‘tamiz, endi Senegal va Jazoir terma jamoalari o‘rtasidagi final bahsi 20 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start oladi.

Fikrlar