Afrika Millatlar kubogini eng ko‘p qaysi terma jamoa qo‘lga kiritgan?

  • 11 yanvar, 2022, 20:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Afrika Millatlar kubogi 1957 yildan beri o‘tkazilib kelinmoqda. Musobaqa 1968 yildan boshlab har ikki yilda tashkil etiladigan bo‘ldi. Dastlabki turnirda faqat 3 ta jamoa ishtirok etgan. 1998 yilda jamoalar soni 16 taga etdi, 2017 yildan esa 24 taga oshirildi.

Misr terma jamoasi kubok tarixidagi eng muvaffaqiyatli hisoblanadi. Muhammad Saloh hamyurtlari shu vaqtga qadar etti marotaba musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Undan keyingi o‘rinni 5 bor chempion bo‘lgan Kamerun terma jamoasi egallagan.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning amaldagi g‘olibi Jazoir termasi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!