Afsonaviy Kutyur MMA tarixidagi eng yaxshi ikkita nokaut qaysi ekanini aytdi

  • 6 may, 11:57
  • 0
  • MMA

Mashhur amerikalik MMA faxriysi va ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Rendi Kutyur aralash yakkakurashlar tarixidagi eng ko‘zga ko‘ringan nokautlardan ikkitasini aytdi.

"Ro‘yxatning boshida Den Xendersonning Maykl Bispingni nokautga uchratgani bo‘lardi. Bu ajoyib edi. Ikkinchisi, albatta, Maks Xolloueyning Jastin Getji bilan jangidir. Mazkur to‘qnashuvlar meni hayajonga soldi. Rostini aytsam, bu kabi ajoyib nokautlar juda ham ko‘p, aynan birini ajratib ko‘rsatish xato, lekin yuqoridagi ikki nokaut yodimdan chiqmasligi aniq”, - deb Kutyur so‘zlarini keltirgan Middle Easy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!