Agamurodov "Qizilqum"da ekanini tasdiqladi

  • 9 may, 2023, 16:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha “Qizilqum” klubi Superliganing 9-turida Toshkentda OKMKdan javobsiz 4 ta gol o‘tkazib yuborib, yirik hisobdagi mag‘lubiyatini tan oldi. Shundan so‘ng “Qizilqum” bosh murabbiyi Asror Aliqulovning iste’foga chiqarilgani haqida gap-co‘zlar tarqaldi. Garchi hali Aliqulovning klubdan ketgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, Asror Chorievichning endilikda jamoa bilan birga emasligi aytilmoqda.

Tecno

Muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan tajribali mutaxassislardan biri Tachmurod Agamurodovning “Qizilqum”da Aliqulovning o‘rnini egallagani xususida ham ma’lumotlar yo‘q emas. Vaziyatga oydinlik kiritish uchun Sports.uz jurnalisti Tachmurod Shamakovich bilan bog‘langanida murabbiy chindan ham “Qizilqum”da ekanini tasdiqladi. Ammo u bosh murabbiy emas, maslahatchi murabbiy lavozimida ekanini ma’lum qildi.

Agamurodov 2020 yili ham “Qizilqum”da faoliyat olib borganini bilsangiz kerak. O‘shanda u Hamidjon Aktamov bilan birga ishlagan.

Klubdagi voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!