
Agar "Qo‘qon-1912"da Javohir Sidiqov bo‘lmasa...
Kecha Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi qo‘qonliklar Toshkentda “Lokomotiv” ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Shundan so‘ng, O‘zPFL matbuot xizmati “Qo‘qon-1912”ga doir qiziq faktlarni havola etdi.
“Qo‘qon-1912”ning Coca-Cola Superligasidagi golsiz seriyasi 357 daqiqa (o‘yin vaqti) davom etdi.
“Qo‘qon-1912” jamoasi joriy mavsumdagi barcha g‘alabalarini Javohir Sidiqovning gollari va assisti evaziga qo‘lga kiritgan: “Qo‘qon-1912” — “Olimpik” (1:0) va “Lokomotiv” — “Qo‘qon-1912” (1:2) uchrashuvlarida u bittadan gol kiritgan hamda “Qo‘qon-1912” — “Metallurg” (1:0) bahsida golli uzatma bilan jamoasi g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shgan.
Fikrlar