AGMK - "Andijon". Ustunlik kim tomonda?
O‘zbekiston Superligasining 15-turi doirasida Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi “Andijon” jamoasi Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi AGMK jamoasiga qarshi safarda maydonga chiqadi. "Andijon" klub matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro o‘tkazilgan uchrashuvlari tarixini eslab o‘tdi.
«Andijon» hamda “AGMK” jamoalari shu kungacha o‘zaro 17 marotaba bahs olib borishgan.
O‘tkazilgan uchrashuvlarning 4tasida “Andijon” g‘olib chiqqan bo‘lsa, 10 ta uchrashuvda AGMKning qo‘li baland kelgan. 3 ta uchrashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan.
Jami bo‘lib darvozalarga 31 marta to‘p kiritilgan. Kiritilgan gollarning 10 tasi “Andijon” foydasiga, qolgan 21 tasi esa AGMK foydasiga yozilgan.

Fikrlar