AGMK legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 30 iyul, 2022, 16:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rayotgan AGMK klubi moldovalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi.

Olmaliqliklar erkin agent maqomida kelgan vinger Dan Spataru bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

28 yoshli qanot vingeri faoliyatini Moldovada boshlagan va Ruminiya, Rossiya, Latviya va Armaniston ligalarida o‘ynagan.

Spataru Moldova terma jamoasi a’zosi sanaladi. Futbolchi joriy mavsum Moldovaning «Milsami» jamoasiga o‘tib, Evropa Konferensiya ligasi saralash bosqichida 4 uchrashuvda o‘ynab, 2ta gol muallifiga ham aylanishga ulgurgan.

Dan Spataru faoliyati davomida Moldova, Ruminiya, Armaniston premer ligasida chempionlikni erishgan hamda o‘ynagan ligalarida mamlakat kubogi va superkubogini ham qo‘lga kiritgan sovrindor futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!