
AGMK legioneri bilan xayrlashdi
AGMK klubi legioneri bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu to‘g‘risida jamoa matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Jamoamizga joriy mavsum kelib qo‘shilgan himoyachi Andrey Mishenko bilan tuzilgan shartnoma o‘zaro kelishuvga asosan ikki tomonlama bekor qilindi.
Mishenkoga jamoamiz nomidan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirgan holda uning keyingi “Neftchi” jamoasidagi faoliyatiga omad tilaymiz, - deya xabar tarqatdi AGMK matbuot xizmati.
Fikrlar