AGMK yarim himoyachisi joriy mavsum Superligada maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi

  • 1 avgust, 2021, 13:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK jamoasi nafaqat sovrinli o‘rinlar uchun kurashuvchan jamoa tuzishda, balki tarkibga yosh futbolchilarni jalb etishga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Joriy mavsum olmaliqliklar safida yoshlar tarkibidan jalb etilgan Sheroz Jalolov va Sanjar Jumaboev kabi iqtidorli futbolchilar qit’amizning eng nufuzli musobaqasi OChLda debyut qilishdi. Kecha esa jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov asosiy jamoaga yoshlar tarkibidan jalb etgan 17 yoshli (65 kun) Nodir Abdurazzoqovni "So‘g‘diyona"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushirdi. Bu esa tarixiy voqeaga sababchi bo‘ldi. Gap shundaki, Nodir Abdurazzoqov AGMK jamoasi safida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bunga qadar ushbu rekord 2008 yilgi mavsumda maydonga tushgan Farruh Nurliboevga (17 yosh 285 kun) tegishli edi.

Shuningdek, Nodir Abdurazzoqov joriy mavsum Superligada maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida ham tarixga kirdi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda yoshlarga ham jiddiy e’tibor qaratayotgan AGMK jamoasining yoshlari U21 Birinchiligida birinchi davradan so‘ng musobaqa jadvalida yakka peshqadam sifatida karvonboshchilik qilmoqda.

AGMK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!