"Сити" Husanovga jarohat yetkazgan yulduzni 99 million evroga olyapti

  • 30.08.2026 11:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpool» rahbariyati yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar da yarimhimoyachi-vinger Kodi Gakponi sotish variantni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqida Sports.kz xabar bermoqda.

Jurnalist Devid Linch ma’lumotiga ko‘ra, Fenway Sports Group klub egalari 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashish ehtimolini inkor etmayapti. Holbuki, yaqin vaqtgacha Gakpuni sotish deyarli imkonsiz stsenariy sifatida ko‘rilar edi.

«Men juda hayron qoldim, „Liverpool“ haqiqatan ham Gakpuni shu yozda sotishi mumkinligini eshitganimda. Menimcha, klub yangi murabbiy qo‘l ostida unga yana bir mavsum imkoniyat beradi, deb o‘ylagandim — u avvalgi darajasiga qayta oladimi-yo‘qmi, shuni ko‘rish uchun. Lekin hozirgi vaziyatdan kelib chiqib ayta olamanki, uni sotish varianti juda ham real ko‘rina boshlandi. Bu albatta u ketadi, degani emas, ammo agar yaxshi taklif tushsa, „Liverpool“ ikkilanmasdan rozi bo‘lishi ehtimoli katta», — deya ta’kidladi Linch.

O‘tgan mavsumda Gakpo, Mersisayd klubining ko‘plab futbolchilari kabi, o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish eta olmadi. Premer-ligada chempionlik unvonini omad siz tarzda himoya qilish natijasida Arne Slot ishdan bo‘shatildi, uning o‘rnini esa Andoni Iraola egalladi.

Avvalroq Niderlandiya ommaviy axborot vositalarida Gakponing o‘zi yangi murabbiy qo‘l ostida asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishdan xavotirda ekani va transfer so‘rashga tayyorligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Bu esa «Tottenxem» klubi e’tiborini tortdi — londonliklar hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Shu bilan birga, Linch ta’kidlashicha, hozircha futbolchining o‘zi «Enfild»ni tark etishni istashi haqidagi ma’lumotlar rasmiy tasdiqlanmagan. Shunga qaramay, «Liverpool» rahbariyati Gakpo sotilgan taqdirda uning o‘rnini bosadigan yangi futbolchi nomzodlarini ko‘rib chiqa boshlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!